Andijon shahrining Eski shahar mavzesida to‘rtinchi filialimiz o‘quvchilarni qabul qilishni boshladi.
Andijon shahrining Eski shahar mavzesida ILM PLYUS o‘quv markazining to‘rtinchi filiali ochildi. Yangi bino 6 ta zamonaviy sinfxona, kutubxona va o‘quvchilar uchun dam olish zonasi bilan jihozlangan.
Filialda dastlabki bosqichda arab va ingliz tili guruhlari ish boshlaydi. Keyingi mavsumdan boshqa yo‘nalishlar ham qo‘shiladi.
Ochilish munosabati bilan birinchi guruh o‘quvchilariga maxsus shartlar taqdim etiladi.